Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Kreml tuzilmasiga doir yangi farmonni imzoladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin prezident ma'muriyati tuzilmasini optimallashtirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Kreml rasmiy saytida xabar berilgan.
Ta'kidlanishicha, Rossiya prezidentining ichki siyosat bo‘yicha boshqarmasi qayta tashkil etiladi. Unga davlat rahbari va ma'muriyat rahbariga mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish sohasidagi rivojlanish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari masalalariga doir takliflarni ishlab chiqish, umumlashtirish hamda taqdim etish vazifasi yuklatiladi. Bundan tashqari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishni tashkil etish va prezidentning mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan o‘zaro aloqasi bo‘yicha umumiy prinsiplar takomillashtiriladi.
Shuningdek, prezident ishlari bo‘yicha ekspertlik boshqarmasi, prezidentning Davlat kengashi faoliyatini ta'minlash bo‘yicha boshqarmasi, axborot texnologiyalari va elektron demokratiyadan foydalanish bo‘yicha boshqarma, jamoaviy loyihalar bo‘yicha boshqarma qayta tashkil etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin Rossiyada hammasi yaxshi bo‘lishini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
18:53 / 10.06.2026
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
09:15 / 09.06.2026
Putin va Netanyahuga order bergan prokuror vaqtincha ishdan olindi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
22:09 / 08.06.2026