O‘zbekiston | 11:54 / 15.06.2018
8413
2 daqiqa o‘qiladi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXX delegatsiyasi Xitoyda bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Departament hamda Davlat xavfsizlik xizmati vakillari ishtirokidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi 2018 yil 4-8 iyun kunlari Xitoy davlati Pekin shahrida o‘tkazilgan “Pul va moddiy qimmatliklarning o‘tkazmalari xizmatidan noqonuniy foydalanish” mavzusidagi maxsus mintaqalararo seminarida, shuningdek Moliyaviy razvedka boshqarmalarining mintaqaviy uchrashuvida ishtirok etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu seminar BMTning giyohvandlik va jinoyatchilik boshqarmasi (BMT GJB) tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, unda Afg‘oniston, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston va Turkmaniston vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida MRBning mintaqaviy davlatlar o‘rtasidagi ma'lumot almashish va shubhali moliyaviy operatsiyalar muammosi, pul mablag‘larini legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashda ikki tomonlama hamkorlikning huquqiy asoslarini yaratish, dolzarb muammolar va hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, ishtirokchi mamlakatlarning kelajakdagi rejalari muhokama qilindi.

Mavzuga oid