Rossiyada o‘tkazilayotgan jahon chempionatining eng yosh va qari terma jamoalari ma'lum bo‘ldi.
Tadqiqotlar natijasida, Kosta-Rika terma jamoasining o‘rtacha yoshi eng ulug‘ ekani aniqlandi - 29,56 yil.
![](https://storage.kun.uz/source/uploads/20180104/MARUF/111/Foto-de-grupo-Sele-Mayor-14-junio-2018-Mundial-Rusia.jpg)
Undan keyingi o‘rinlarni Meksika (29,36), Panama (29,26), Argentina (29,17), Misr (28,96) va Rossiya (28,84) terma jamoalari egallab turibdi.
Turnirning eng yosh terma jamoalari - Nigeriya (25,92), Fransiya (26,03), Angliya (26,05), Tunis (26,53) va Serbiya (26,76).
![](https://storage.kun.uz/source/uploads/20180104/MARUF/111/nihrg.jpg)