Nizom iqtidorli sportçilarni aniqlaş, tanlaş va saralaş (seleksiya) orqali paralimpiya sport turlari böyiça sport terma jamoalarini şakllantiriş tartibini belgilaydi.
Quyidagilar sport terma jamoalarini va ularning zaxirasini şakllantirişning asosiy vazifalari hisoblanadi:
🔹 paralimpiya sport turlari böyiça respublika va xalqaro nufuzli sport musobaqalarida yuqori natijadorlikni ta’minlaş;
🔹 sportçilarni tayyorlaşning ilğor metodlarini öquv-maşğulot jarayoniga joriy etiş;
🔹 sportçilarning jismoniy, texnik-taktik, psixologik tayyorligini takomillaştiriş, ularning sport mahoratini oşiriş;
🔹 jismoniy tarbiya-sport harakatini va soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş.
Sport terma jamoalarini va ularning zaxirasini şakllantirişga faqat Sport vazirligi tomonidan belgilangan tartibda sport turlari reyestriga kiritilgan paralimpiya sport turlari böyiça yöl qöyiladi.
Sport terma jamoalarining tarkiblari tegişli buyruq bilan 1 yil muddatga tasdiqlanadi va kalendar yilning 1 yanvaridan 31 dekabrigaça amal qiladi.








