Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JCh-2018. Eron so‘nggi daqiqadagi avtogol evaziga Marokashni yengdi
Rossiyada jahon chempionati o‘yinlari davom etmoqda.
«V» guruhida Marokash va Eron terma jamoalari bellashdi.
O‘yinda afrikaliklar biroz tashabbusga ega bo‘ldilar va ko‘proq xavfli vaziyat yaratdilar. Ammo, Eron himoyasi raqib hujumlariga dosh berib, o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. So‘nggi daqiqalarda esa, chap qanotdan jarima maydoniga oshirilgan to‘pni marokashlik himoyachi o‘z darvozasiga yo‘llab qo‘ydi.
Guruhning yana bir o‘yini soat 23:00da boshlanadi. Unda Portugaliya va Ispaniya bellashadi.

JCh-2018, V guruhi
Marokash – Eron - 0:1
15 iyun, Sankt-Peterburg, «Krestovskiy» stadioni
Gol: 90+3 Buxadduz (avtogol)
Marokash – Muhammadiy, El-Axmadiy, Benatiya, Xakimiy, Belxanda, Ziyesh, Xarit (da Koshta, 82), Bussufa, N.Amrabat (S.Amrabat, 76), Sassiy, El-Kaabiy (Buxadduz, 77).
Eron – Beyranvand, Puraliganjiy, Chashmiy, Rizoyan, Shojayeiy (Torimiy, 68), Xajisafiy, Amiriy, Ibroximiy (Xusayniy, 80), Jahonbaxsh (Quddus, 85), Azmun, Ansorifard.
Ogohlantirishlar: Shojaiy (10), El-Axmadiy (34), Jaxonbaxsh (47).
Mavzuga oid
17:56
«Tramp sizning yagona ittifoqchingiz» – Vens ham Isroilni tanqid qildi
12:58
Toshkent AQSh va Eron o‘rtasidagi diplomatik yutuqni yuqori baholadi
08:37
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi cheklovlar olib tashlandi, muzokaralar boshlandi
22:16 / 18.06.2026