Jamiyat | 10:44 / 15.06.2018
5791
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

«Zeleniy chay» kompaniyasi yurtdoshlarimizni Ramazon hayiti bilan muborak etadi!

Aziz vatandoshlar, muborak Ramazon oyi tugab, yurtimizga Ramazon hayiti – Iyd al Fitr bayrami kirib keldi.

Foto: Zeleniy chay

Alloh taologa behisob hamdu sanolar bo‘lsinki, o‘n bir oyning sultoni bo‘lgan Ramazon oyi jannatmakon mamlakatimizda nihoyatda ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Mustaqil Vatanimiz uchun bu yilgi ramazon har qachongidan fayz-futuhli, shukuhli, barakotli bo‘ldi.

Ramazon hayiti islomdagi eng muqaddas bayramlardan biri hisoblanib, bag‘rikenglik, birodarchilik va rahm-shafqat ramzi hisoblanadi. Shu bois har bir musulmon bu muborak kunni intiqlik bilan kutadi.

Foto: Zeleniy chay

Shunday muqaddas kun kirib kelayotgani bilan barcha yurtdoshlarimizni, musulmon ahlini muborakbod etamiz! 

Alloh yurtimizni tinch, yanada obod va farovon, osmonimizni musaffo qilsin. 

Foto: Zeleniy chay

Bu bayramning sharofati har bir uyga kirib borsin! 

Ramazon hayiti muborak bo‘lsin, aziz vatandoshlar!

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid