Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kim Chen In yana bir davlat yetakchisi bilan uchrashishi mumkin
Yaponiya TIV rahbari Singapurdagi ASeAN davlatlari TIV rahbarlari konferensiyasi doirasida KXDR tashqi ishlar vaziri Li Yon Xo bilan uchrashuv o‘tkazishi mumkin. Bu haqda «Yomuri» gazetasi manbalarga asosan xabar bermoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, vazirlar uchrashuv davomida Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In o‘rtasidagi ehtimoliy sammitni muhokama qiladi.
Avvalroq, OAV Yaponiya va Shimoliy Koreya vakillari bir necha oydan beri ikki davlat yetakchisi uchrashuvini tashkillashtirish masalasini maxfiy tarzda muhokama qilayotgani haqida xabar bergandi.
Ta'kidlanishicha, kun tartibida KXDR maxsus xizmatlari tomonidan o‘g‘irlab ketilgan va mamlakatda kuch bilan ushlab turilgan yapon fuqarolari muammosi eng muhim masala sanaladi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya KXDR bo‘yicha yagona pozitsiyaga ega ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026