Makedoniya nomini o‘zgartirish to‘g‘risida bitim imzolandi
Gretsiya va Makedoniya tashqi ishlar vazirlari Nikos Kotzias hamda Nikola Dimitrov sobiq Yugoslaviya respublikasining yangi rasmiy nomi to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladilar, deya xabar beradi Reuters.
Kelishuvni imzolash marosimi 17 iyun kuni Gretsiya va Makedoniya chegarasidagi Prespes ko‘li atrofidagi kurort hududda ikki davlat bosh vazirlari ishtirokida o‘tkazildi.
Kelishuvga ko‘ra, Shimoliy Makedoniya Respublikasi Bolqon davlatining yangi rasmiy nomi bo‘ladi. Shartnoma olti oy ichida kuchga kirishi kutilmoqda, ammo uni avval har ikki davlat parlamentlari ratifikatsiya qilishi lozim. Bundan tashqari, nomni o‘zgartirish masalasi Makedoniyada o‘tkaziladigan referendumda tasdiqlanishi kerak.
Makedoniya nomini o‘zgartirish haqidagi bahs respublika 1991 yilda Yugoslaviya tarkibidan chiqqanidan so‘ng kuzatilib kelindi. Gretsiya Makedoniya Respublikasining nomini tan olishdan bosh tortdi, sababi qo‘shni davlat Gretsiyaning Makedoniya provinsiyasiga da'vo qilishi mumkin ekanidan xavfsiragan.
Makedoniya nom bilan bog‘liq nizo tufayli uzoq vaqt davomida Yevropa Ittifoqi va NATOga kirishga da'vogarlik qilish huquqiga ega bo‘lmadi. Gretsiya bu mavzuda muzokaralarni doimo bloklab kelgan.
Mavzuga oid
18:20 / 14.09.2024
Ishchi kuchi kamaydi: Gretsiya demografik falokatga yuz tutmoqda
00:16 / 04.09.2024
Gretsiyada bundan 45 yil oldin cho‘kib ketgan qishloq qurg‘oqchilik sabab yana paydo bo‘ldi
18:32 / 29.08.2024
Gretsiyada mashhur sayyohlik porti yuz minglab o‘lik baliqlar bilan to‘ldi
07:37 / 12.08.2024