Jahon | 14:36 / 18.06.2018
6724
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni va Rossiya OPeK+’da hamkorlikni kuchaytirmoqda

Foto: Yuri Kadobnov /Reuters

Neft qazib olish bo‘yicha ikkita eng yirik davlat - Rossiya va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi munosabatlar OPeK+ doirasida mustahkamlanmoqda. Bu haqda CNBC xabar berdi.

Nashr xabariga ko‘ra, tomonlar bozorni monitoring qilish uchun o‘z munosabatlarini «institutsionallashtirish» va kengaytirish, kerakli paytda tegishli choralarni qabul qilishga kelishib olgan.

Ta'kidlanishicha, OPeK+ doirasida mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar qator muammolar paydo bo‘lgani fonida mustahkamlanmoqda: Venesueladan xomashyo yetkazib berishning pasayishi va AQSh tomonidan Eronga nisbatan sanksiyalarning tiklanishi.

Tehronga nisbatan sanksiyalar AQShning Eron yadroviy bitimidan bir tomonlama chiqishidan so‘ng joriy etildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron Rossiyaning neft bo‘yicha taklifini bloklashi xabar qilingandi

Mavzuga oid