Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda «Spark» mashinasida piyodani urib, qochib ketgan haydovchi qidirilmoqda
Foto: Depositphotos
16 iyun kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanida noma'lum haydovchi davlat raqami aniqlanmagan “Spark” avtomashinasini Katta Xirmontepa ko‘chasida haydab ketayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, Chilonzor tumanida yashovchi N.I. ismli ayolni urib yuborib, yordam ko‘rsatmasdan, voqea joyidan qochib ketgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Olgan jarohatlari sabab N.I. kasalxonaga yotqizilgan. Mazkur yo‘l-transport hodisasini sodir etgan noma'lum haydovchini aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan.
«Hurmatli fuqarolar, agar kimda-kim ushbu holatga guvoh bo‘lgan yoki haydovchi va avtomashina haqida biron ma'lumotga ega bo‘lsa, zudlik bilan ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlariga yoki «102» telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib xabar berishingiz so‘raladi. Unutmang, bu orqali siz jinoyatga jazo muqarrar ekanligiga o‘z hissangizni qo‘shish bilan birga, o‘zingiz va yaqinlaringizni ana shunday qayg‘uli voqealardan asragan bo‘lasiz», - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
20:30 / 24.01.2026
Tabiiy ventilyatsiyani yaxshilash orqali Toshkentda chang miqdorini kamaytirish va yozda haroratni pasaytirish rejalashtirilmoqda
15:48 / 24.01.2026
Toshkent metrosida poyezd tunnelda 13 daqiqa to‘xtab qoldi
09:51 / 24.01.2026
Toshkentda kuchli dorilar noqonuniy muomalasiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi
16:30 / 23.01.2026