Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Endi tadbirkorlar bojxona yuk deklaratsiyalarini internet orqali to‘ldirishlari mumkin
2018 yil 1 iyuldan boshlab tadbirkorlarimiz uchun yana bir qulaylik yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018 yil 12 apreldagi PF-5414-sonli farmoniga muvofiq endi tadbirkorlar internet yordamida bojxona yuk deklaratsiyalarini o‘z ofislaridan chiqmasdan turib, mustaqil ravishda to‘ldirish va bojxona organlariga taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Bunga qadar esa tovarlarni respublikaga olib kirmoqchi yoki eksport qilmoqchi bo‘lgan tadbirkor bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirib berish va bojxona idoralariga taqdim etish uchun ortiqcha vaqt va mablag‘ sarflab, bojxona brokerlari va bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassislar ko‘magidan foydalanishga majbur edi.
Endi esa Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan beriladigan elektron raqamli imzoga ega bo‘lgan har bir tadbirkor buni amalga oshirishga to‘la haqli hisoblanadi.
Buning uchun u elektron raqamli imzo yordamida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Davlat bojxona qo‘mitasining rasmiy saytiga kirib, dastlab o‘z tashkiloti nomidan tovarlarni deklaratsiyalovchi shaxslar ro‘yxatini shakllantiradi.
Shundan so‘ng «Deklaratsiyalovchi shaxslar ro‘yxati» interaktiv xizmatidan foydalangan holda bojxona yuk deklaratsiyalarini real vaqt rejimida to‘ldirib, bojxona organlariga taqdim etadi.

Mavzuga oid
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
12:19 / 09.06.2026
Sud xodimlarining daromad va mol-mulki deklaratsiya qilinadi
21:11 / 30.05.2026