Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya AQSh migratsiya siyosatiga qarshi chiqdi
Foto: Reuters
Fransiya hukumati rasmiy vakili Benjamen Grivo ma'lum qilishicha, Fransiya tomoni AQShning migratsiya siyosati masalasidagi pozitsiyasiga qo‘shilmaydi. Bu haqda Reuters France 2 telekanaliga asosan xabar bermoqda.
Fransiya hukumati vakili Amerika-Meksika chegarasida oilalarni ajratib yuborish bo‘yicha kuzatilayotgan holatlariga izoh berib, Yevropada ham shu kuzatilishini xohlamasligi haqida aytib o‘tdi. Shuningdek, Grivoning ta'kidlashicha, Fransiya madaniyat modeli Amerikanikidan farq qiladi. U o‘zini «Yevropa bolasi», deb atagan.
«Men uchun Yevropa - bu tinchlik, farovonlik, bo‘lisha olishlik, ochiqlik. Mening avlodim shuni himoya qilishi kerak, Yevropa birdamligini populizmdan asrash lozim», - deya xabar berdi Grivo.
Avvalroq, AQSh prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlarda Yevropada kuzatilayotgan migrantlar bilan muammolarni xohlamasligi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
10:10
AQSh vitse-prezidenti: Eron keyingi yo‘lni o‘zi tanlaydi
08:06
AQSh ustunligi xavf ostida: atom energetikasida yangi lider
22:20 / 13.04.2026
Tramp Eron portlarining to‘liq dengiz qamali boshlanganini ma’lum qildi
22:16 / 13.04.2026