Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Ishlar qanday, Manu?» - Makron o‘quvchiga jiddiy tanbeh berdi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron o‘ziga kerakli darajada murojaat qilmagan maktab o‘quvchisiga tanbeh berdi. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.
Makron Sharl de Gollning nutqiga 78 yil to‘lishi munosabati bilan tashkil etilgan marosimda ishtirok etdi. Aynan shundan so‘ng Fransiyadagi Qarshilik harakatiga start berilgan.
Tadbir davomida tineyjyerlardan biri prezidentga: «Ishlar qanday, Manu?» deya murojaat qilgan. Makron unga darhol tanbeh berdi.
«Sen rasmiy marosimdasan va o‘zingni shunga mos ravishda tutishing lozim. O‘zingni ahmoqdek ko‘rsatishing mumkin, biroq bugun, biz «Marseleza» va «Partizanlar qo‘shig‘i»ni aytayotganimizda, sen menga faqat «janob prezident» yoki «ser» deb murojaat qilishing shart», - dedi Fransiya prezidenti.
Shundan so‘ng Makron marosimda qatnashayotgan boshqa shaxslar bilan so‘rashishda davom etgan.
Mavzuga oid
22:51 / 21.06.2026
Fransiyada jazirama issiq tufayli qizil darajadagi xavf e’lon qilindi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
20:32 / 13.06.2026
O‘zbekistonliklar uchun Fransiyada mavsumiy ish taklif etilmoqda
14:17 / 11.06.2026