Jamiyat | 10:56 / 19.06.2018
12093
1 daqiqa o‘qiladi

Qo‘qondan olib qochilgan avtomobilni Asakada haydab ketayotgan shaxs qo‘lga olindi

2018 yil 16 iyun kuni Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida noma'lum shaxs H.N.ning uyi oldida qarovsiz qoldirilgan “Spark” rusumli avtomashinani haydab qochgan. 

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Andijon viloyati Asaka tumanida yashovchi M.A. sodir etganligi aniqlanib, u avtomashinani Andijon viloyati Asaka tumani So‘fi qishlog‘i hududida haydab ketayotganida IIB xodimlari tomonidan ushlangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid