Andijon viloyat tarix va madaniyat davlat muzeyi bölim mudiri Iskandar Madğoziyev öz Telegram-kanalida Qöqon şahrining 1913 yilgi suratlarini e’lon qildi.

Bu fotolar V.V.Sapojnikov tomonidan olingan.

Ma’lumot uçun, Qöqon şahri – 1709-1876 yillarda mavjud bölgan Qöqon xonligining poytaxti edi. Rossiya imperiyasi 1868 yilda Buxoro amirligi, 1873 yilda Xiva xonligini bosib olganidan keyin, 1876 yilda Qöqon xonligini ham egallaydi.

Qöqonga bosqin öşa yili 1 mart kuni qözğolonçilar yetakçisi Pölatxon Marğilonda dorga osilişi bilan yakuniga yetadi. Xonlik tugatilib, örniga Farğona viloyati taşkil etiladi.

Kun.uz avvalroq Qöqon xonligining yiqitilişi, Xudoyorxonning fon Kaufman bilan kelişuvi va Pölatxon qözğoloni haqida batafsil hikoya qilgan edi.