Jamiyat | 08:44 / 19.06.2018
5500
1 daqiqa o‘qiladi

Muqaddam sudlangan o‘g‘rilar qo‘lga olindi

Illyustrativ foto

17 iyun kuni Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Noma'lum shaxslar 1-mikrorayon hududida joylashgan “Maishiy xizmat ko‘rsatish uyi”dan eshik qulfini buzib kirib, umumiy qiymati 8 mln. so‘mlik “LG” kompyuterlari va 1 dona “DVR” proyektori, hamda  velosipedlarini o‘g‘irlab ketganlar. 

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Chirchiq shahrida yashovchilar A.N va muqaddam sudlangan V.P. sodir etganligi aniqlanib ushlanganlar.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid