Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda fuqaroni 1 tonna 206 kilogramm mayizga «uxlatishdi»
Illyustrativ foto/Uz24
Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida 16 iyun kuni tuman IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, shu yil 25 fevral kuni Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan, T.Ya. Xatirchi tumanida yashovchi, 2-guruh nogironi S.A.ning uyida undan 1 tonna 206 kg. mayizini 13.266.000 so‘mga hisoblab olgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, u pulini mayizni sotgandan keyin olib kelib berishini aytib, aldash yo‘li bilan ishonchiga kirib, bergan va'dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida T.Ya. ushlangan.
Mavzuga oid
08:32 / 21.04.2026
Ishchi viza va’dasi bilan minglab dollar talab qilganlar ushlandi
14:26 / 18.03.2026
Xitoyning cho‘llanishni to‘xtatgan modeli Navoiyda sinab ko‘riladi
08:25 / 18.03.2026
Farg‘ona va Navoiyda yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari musodara qilindi
17:56 / 10.03.2026