Jahon | 16:26 / 19.06.2018
3848
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada sayyohlik avtobusi YTHga uchradi, 45 kishi jarohat olgan

Foto: Anadolu

Turkiyaning Oydin viloyatida yo‘lovchi avtobusi ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 45 kishi jarohat oldi. Bu haqda Anadolu politsiya va sog‘liqni saqlash idorasidagi manbalarga asosan xabar bermoqda.

Avtobus chorrahada to‘ntarilib ketgach, yo‘lovchilar va haydovchi undan chiqa olmay qolgan.

Avtobus sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan Bodrumdan Istanbulga qarab yo‘l olayotgan edi.

Jarohat olganlar yaqin orada joylashgan kasalxonalarga olib ketildi. Shifokorlar ma'lumotiga ko‘ra, ikki kishi jiddiy jarohat olgan va hozirgi vaqtda og‘ir ahvolda qolmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid