Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sodiq Safoyev “SAMSA–2018” mintaqaviy forumida ishtirok etadi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev rahbarligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi 22-23 iyun kunlari Boku shahrida tashkil etiladigan “SAMSA–2018” yillik Mintaqaviy forumida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabar berdi.
Tadbirga “CAMCA” Mintaqaviy forumida qatnashuvchi o‘nta mamlakatning hukumat vakillari, tadbirkorlari va ilmiy doiralari vakillari, mashhur va obroʻ-eʼtiborli xalqaro siyosatdonlar hamda ekspertlar, Ramsfeld fondi stipendiyalari dasturi bitiruvchilari taklif etilgan.
Forum davomida “SAMSA” davlatlarida siyosiy bo‘lmagan va iqtisodiy xususiyatga ega mintaqaviy tendensiyalar, savdo, transport va investitsiyalar, inson kapitalini rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashiladi.
Eslatib o‘tamiz, “SAMSA” Mintaqaviy forumi (Markaziy Osiyo – Mo‘g‘uliston – Kavkaz – Afg‘oniston) keng ko‘lamli masalalar yuzasidan mintaqaviy muloqotga ko‘maklashish uchun 2008 yilda tashkil etilgan siyosiy bo‘lmagan platformadir.
Mavzuga oid
17:37 / 13.06.2026
16−18 iyun kunlari Toshkent shahriga yuk mashinalari kiritilmaydi
17:36 / 05.06.2026
Saida Mirziyoyeva UNEP va GEF rahbariyati bilan uchrashdi
22:23 / 14.05.2026
Osiyo xotin-qizlar II forumida Buxoro deklaratsiyasi qabul qilindi
19:30 / 14.05.2026