Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muqaddam sudlangan shaxs ayol kishini 6400 dollarga «uxlatdi»
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, 19 iyun kuni IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2016 yil 5 mart kuni Sergeli tumanida yashovchi muqaddam sudlangan S.Yu. Yunusobod tumanida yashovchi N.E. ismli ayolga Xitoy Xalq Respublikasidan chiroq yoqgichlarni arzon narxda olib kelib, qayta sotib, mo‘maygina daromad olishini aytib aldov yo‘li bilan ishonchiga kirib, undan 6400 AQSh dollari mablag‘ini olib, shu kungacha bergan va'dasini bajarmay, pullarni qaytarib bermagan.
Holat yuzasidan S.Yu. qo‘lga olingan.
Mavzuga oid
10:25
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026