Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NNT adliya organlarini o‘z tadbirlari haqida qanday xabardor qiladi?
Adliya vazirining buyrug‘i bilan Nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlari haqida xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, deb yozmoqda Norma.
Ma'lumot uchun: nodavlat notijorat tashkilotlari (bundan keyin – NNT) ularni ro‘yxatdan o‘tkazgan adliya organlarini o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlar haqida xabardor qilishlari (ilgari – kelishishlari) shart. Bu konferensiya, seminar, trening, yig‘ilish, aksiya, davra suhbati, uchrashuv, simpozium va boshqalarga tegishli. Qoidalar siyosiy partiyalarning tadbirlariga va diniy tashkilotlarning ayrim tadbirlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Yangi tartibning asosiy farqlanuvchi jihatlari ajratib ko‘rsatiladi.
Birinchidan, adliya organini o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlar haqida xabardor qilishning eng kam muddati qisqartirildi:
• o‘tkazilishidan 10 kun oldin – chet el fuqarolarining ishtirokisiz (ilgari – kamida 20 kun oldin);
• o‘tkazilishidan 20 kun oldin – chet el fuqarolari ishtirokida (ilgari – ular tashrif buyurishidan kamida 1 oy oldin).
Ikkinchidan, o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tadbir haqidagi xabarnomaning rasmiy yozma shakli tasdiqlandi.
Uchinchidan, o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlar rejasini (ro‘yxatini) kelishish uchun taqdim etish bekor qilindi. Eslatib o‘tamiz, ilgari NNTning xohishiga ko‘ra har bir tadbir alohida kelishilgan yoki har oy, har chorak yoki har yil taqdim etiladigan rejaga kiritilgan. Shu tariqa, har bir tadbir bo‘yicha hozir alohida xabardor qilish zarur.
To‘rtinchidan, endi adliya organi faqat tadbirni o‘tkazishni taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilgan taqdirda NNTga yozma ogohlantirish yuboradi. Ilgari adliya organi tadbir o‘tkazilishini qanoatlantirganda ham, rad etganda ham NNTga yozma javob yuborgan.
Hujjat 1.06.2018 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
18:58 / 06.05.2026
Fuqarolarni yashash va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi
09:54 / 14.04.2026
Yakka uy-joy va kichik binolar qurilishida xususiy nazorat joriy etiladi
18:34 / 09.04.2026
Soliq nazorati tadbiri videotasvirga olinadi
11:17 / 06.04.2026