Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tayoq uslubi». Xitoy AQShni ogohlantirdi
Foto: AP Photo / Andrew Harnik
Xitoy Xalq Respublikasi Tijorat vazirligi vakili Gao Fenning ma'lum qilishicha, AQShning Xitoy bilan muzokaralarda «tayoq uslubidan» foydalanishi hech qanday natija keltirmaydi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Amerika tomoni tayoq uslubiga ko‘nikib qolgan, biroq u Xitoy bilan hech qanday ish bermaydi, bunday irratsional xatti-harakat bilan muammoga yechim topish dargumon narsadir», - deya aytib o‘tgan Gao Fen.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Xitoy tomoni AQSh bilan o‘tkazilgan maslahatlashuvlar yakunini konstruktiv va ijobiy, deb hisoblaydi. Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh o‘z pozitsiyasiga qarshi ish qilayotgani va yana savdo urushini avj oldirayotgani chuqur afsusga sabab bo‘lmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy AQSh fermerlariga ziyon yetkazishga va'da bergandi.
Mavzuga oid
08:51
Tramp: AQSh ilk bor Venesuela hududiga zarba berdi
19:42 / 29.12.2025
Tayvan - Xitoy biqinidagi «porox bochkasi»
13:56 / 29.12.2025
Xitoy Tayvan atrofida mashg‘ulot boshladi: harbiylar orolni blokada qilishni sinovdan o‘tkazadi
12:06 / 29.12.2025