Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JCh-2018. Polsha Kolumbiyadan yirik hisobda yengilib, pley-offsiz qoldi
Jahon chempionati H guruhi 2-turida Polsha terma jamoasi Kolumbiya bilan kuch sinashdi. "Kazan Arena" stadionida kechgan o‘yin Kolumbiya terma jamoasining yirik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi – 0:3.
40-daqiqada Mina hisobni ochgan bo‘lsa, 70-daqiqada Falkao oradagi farqni oshirdi. Kolumbiyaga yirik g‘alaba keltirgan gol 75-daqiqada Kuadrado tomonidan kiritildi.
2-turdan keyin ham ochko to‘play olmagan Polsha terma jamoasi pley-offga chiqish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi. Kolumbiya esa 3 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. Guruhda 4 ochkodan to‘plagan Yaponiya hamda Senegal terma jamoalari peshqadamlik qilishmoqda.
JCh-2018, H guruhi
Polsha – Kolumbiya – 0:3 (0:1)
Gollar: Mina, 40 (0:1). Falkao, 70 (0:2). X.Kuadrado, 75 (0:3).
Polsha: SHCHensny, Pazdan (Glik, 80), Bednarek, Pishchek, Bereshinski (Teodorchik, 72), Kryxovyak, Guralski, Zelinski, Kovnatski (Groshchitski, 57), Rybus, Levandovski.
Kolumbiya: Ospina, Arias, Sanches, Mina, Moxika, X.Kuadrado, Agilar (Uribe, 32), Barrios, Kintero (Lerma, 73), Xames Rodriges, Falkao (Bakka, 78).
Ogohlantirishlar: Bednarek, 61. Guralski, 85.
Mavzuga oid
22:05 / 04.12.2022
JCh-2022. Fransiya Polshani mag‘lub etib, chorakfinalga yo‘llanma oldi
02:24 / 01.12.2022
JCh-2022. Argentina Polshani mag‘lub etib 1-o‘rin bilan pley-offga yo‘l oldi, polyaklar ham 1/8 finalda
18:54 / 10.12.2019
JCh-2018 mezbonligi korrupsiya orqali qo‘lga kiritilgan bo‘lishi mumkin
14:41 / 07.02.2019