18:06 / 27.06.2018
21095

AQSh 1-chorakda O‘zbekistonning asosiy investoriga aylandi

Foto: iStock

Markaziy bank ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilning birinchi choragida O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning qoldig‘i 4 milliard dollardan 4,3 milliard dollargacha ko‘paydi.

Shu bilan birga, norezidentlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarining sof o‘sishi 200 mln dollarni tashkil qildi, ulardan daromadlarini qayta investitsiyalash ko‘rinishidagi investitsiyalar - 197 mln dollar.

Investitsiyalarning asosiy oqimi AQSh (28%), Xitoy (10%), Buyuk Britaniya (10%), Britaniya Virgin orollari (8%), Birlashgan Arab Amirliklari (6%), Rossiya (6%), Turkiya (5%), Malayziya (4%), Shveytsariya (4%), Germaniya (4%), Niderlandiya (4%), Singapur (3%) va Koreya Respublikasi (2%) hissasiga to‘g‘ri keladi.

Bosh kompaniyalar tomonidan taqdim etilgan kreditlar korxonaga resurslar yo‘naltirishning bir turi bo‘lib, qarz vositalari ko‘rinishidagi investitsiya sifatida tasniflanadi.

Mavzuga oid
Top