Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FVV Qozog‘istondagi avtohalokat haqida rasmiy xabar berdi
2018 yilning 25 iyun kuni soat 22:15da Qozog‘iston Respublikasi IIV Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasidan olingan birlamchi ma'lumotga ko‘ra, shu kuni taxminan soat 09:30larda Turkiston oblasti, Tolebi tumanidan o‘tuvchi «Olmaota-Toshkent-Termiz» avtomobil yo‘lining 733-km.da «Mazda-626» rusumli d/r KZ 469 BMB 13 va mikroavtobus «Ssang Yong Istana» d/r KZ 506 SLA 13 avtomobil vositalarining to‘qnashuvi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.
FVV xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan 1 nafari voqea joyida vafot etgan, 4 nafari turli darajada tan jarohati olib, Chimkent shahar kasalxonasiga yotqizilgan.
Vafot etgan fuqaroning jasadi Chimkent shahar kasalxonasiga saqlanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi «Tezkor raqamlari» (+998 71) 147-10-50.
O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘iston Respublikasidagi Diplomatik vakolatxonasi +7 727 291-06-44.
Mavzuga oid
09:44 / 19.04.2026
Jizzax viloyatida avtobus YTHga uchradi
23:08 / 18.04.2026
Qoraqalpog‘istonda YTH natijasida avtomobil salonida qisilib qolgan haydovchi qutqarildi
20:10 / 18.04.2026
Buxoroda mast haydovchi YTH sodir etdi
19:00 / 16.04.2026