Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIBB tezkor guruhi 24 soat ichida yirik o‘g‘rilikni fosh qildi
Foto: IIBB axborot xizmati
Dushanba kuni ertalab Toshkent shahar IIBBga Ahmadali A. (ismi o‘zgartirilgan) ariza bilan murojaat qildi, deb xabar bermoqda IIBB axborot xizmati.
U o‘z arizasida Mirobod tumanidagi o‘ziga tegishli bo‘lgan uydan hujjatlar, katta miqdordagi milliy va chet el valyutalari hamda boshqa qimmatbaho buyumlar saqlanadigan seyfning o‘g‘irlanganini xabar qildi. Voqea joyiga yetib kelgan tezkor-qidiruv guruhi xodimlari o‘g‘rilik sodir bo‘lgan joyni sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirishdi va Ahmadali A.ning arizasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Toshkent shahar IIBB va Mirobod tuman IIO FMB xodimlarining tezkor harakatlari natijasida jinoyatchilar foydalangan avtomobil aniqlandi. Seshanba kuni ertalab gumondorlardan biri qo‘lga olindi. Bir necha soat ichida jinoyat sodir etganlikda gumon qilingan yana 3 kishining shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘lindi. Ulardan biri jabrlanuvchining qarindoshi bo‘lib chiqdi. Qo‘lga olinganlarning ko‘rsatmalariga ko‘ra, Ahmadalining ana shu qarindoshi jinoyatni uyushtirgani va uy kalitini olgani ma'lum bo‘ldi.
Gumondorlardan yana biri – Ratmir D.ning (ismi o‘zgartirilgan) so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘rilik 5 kun avval, ertalab sodir etilgan. Ahmadali bilan yaxshi tanish bo‘lgan gumondorlardan biri uy egasining kelish va ketish vaqtidan yaxshi xabardor bo‘lgan.
Jinoyatchilar o‘g‘irlangan seyfni o‘zlari yashaydigan Yangiyo‘l shahriga olib ketishgan va «Ratmirning qaynotasinikida bolgarka» yordamida uni buzishgan. Qo‘lga kiritilgan pul mablag‘lariga Sergeli tumanidagi avtomobil bozoridan «Kobalt» rusumli mashina sotib olishgan, yana bir qismini o‘z ehtiyojlari uchun sarflashgan.
Gumondorlar tomonidan avtosalondan sotib olingan avtomobil ko‘zdan kechirilganda yashil tusdagi hidli modda ham aniqlangan. Ratmir pullarning bir qismini qarindoshlariga tarqatgan, hujjatlarni va boshqa qimmatbaho buyumlarni o‘zining xonadoniga yashirgan.
Qo‘lga olinganlarning o‘yida olib borilgan tintuv vaqtida o‘g‘irlangan pullarning qolgan qismi, hujjatlar va jabrlanuvchiga tegishli boshqa buyumlar qo‘lga kiritilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
12:40 / 26.12.2025
“Toshkent–Samarqand” yo‘nalishida yuqori tezlikdagi poyezdlar uchun yangi liniya quriladi
23:34 / 25.12.2025
Toshkent shahri uchun dizayn-kod ishlab chiqildi
16:25 / 25.12.2025
“O‘zavtoyo‘l” binosi 242 mlrd so‘mga sotildi
11:56 / 25.12.2025