Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qimmatli buyumlar va “Captiva” avtomashinasini olib qochgan talonchi qo‘lga olindi
Foto: KUN.UZ
23 iyun kuni Samarqand shahrida 2 noma'lum shaxs, Aratyunov ko‘chasida yashovchi A.R. ismli ayolning uyiga devor oshish yo‘li bilan kirib, xonasidan pul va qimmatbaho buyumlarni qidirayotganlarida A.R. uyg‘onib qolganida uyidan 2 dona “Apple IPod” mobil telefonlari, bijuteriya taqinchoqlari va pullarini olib, uyi oldida turgan “Captiva” rusumli avtomashinasini haydab olib ketgan edilar.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, olib borilgan qidiruv ishlari natijasida avtomashina Oqdaryo tumani Qozoqxo‘ja qishlog‘i hududidagi dala maydonidan to‘liq yonib ketgan holda topilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Oqdaryo tumani yashovchi O.Yu. va N.S. sodir etganliklari aniqlanib qo‘lga olingan.
Mavzuga oid
11:33 / 16.05.2026
Samarqanddagi YTHda ikkita yuk mashinasi yonib ketdi
11:45 / 14.05.2026
Samarqand 2045 yilgacha ikki baravar kengayadi
07:23 / 05.05.2026
Prezident Samarqanddagi OTB yig‘ilishida muhim tashabbuslarni ilgari surdi
17:45 / 30.04.2026