Jahon | 15:17 / 27.06.2018
4064
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Meksika bilan chegaradagi devor uchun qo‘shimcha mablag‘ so‘ramoqchi

Foto: AP Photo/Evan Vucci

AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, mamlakat kongressidan Meksika bilan chegarada devor qurilishi uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratilishini so‘raydi. Bu haqda CNBC News xabar qilmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, devor qurilishini qo‘shimcha moliyalashtirish loyiha «tezroq yakuniga yetishi» uchun talab qilinadi.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, bu devor nafaqat noqonuniy migrantlarning AQShga oqimini to‘xtatadi, balki giyohvand moddalar bilan kurashda ham yordam beradi.

Avvalroq, Meksika prezidenti Enrike Penya Neto mamlakat AQSh bilan chegaradagi devor uchun hech qachon pul to‘lamasligini ma'lum qilgandi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid