Iqtisodiyot | 18:34 / 27.06.2018
59158
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston 1,3 mlrd dollarlik oltin eksport qildi

Foto: AP/ Mike Groll

Birinchi chorakda to‘lov balansi metodologiyasi bo‘yicha tovarlar eksporti 2,9 mlrd dollarga teng bo‘ldi, tovarlarning importi esa - 3,6 mlrd dollar. Bundan Markaziy bank ma'lumotlari darak beryapti.

Tovarlarni import qilish hajmidan ortish tadbirkorlarning iqtisodiyot norasmiy sektoridan bank sektoriga o‘tishi, shuningdek, xorijiy valyutadagi kreditlar hisobidan korxonalar ishlab chiqarish quvvatlarining ko‘payishi bilan bog‘liq.

Tovarlar eksportining umumiy hajmida oltin - 1,3 milliard dollar va gaz ko‘proq ulushga ega bo‘ldi - 487,2 million dollar. Ularning eksportdagi umumiy ulushi 61 foizni tashkil etdi.

Shu tariqa, xalqaro bozorlarda shakllangan oltin va gaz bahosi mamlakatning umumiy eksportiga sezilarli ta'sir ko‘rsatmoqda, Shveytsariya esa asosiy eksport mamlakatiga aylandi.

Mavzuga oid