O‘zbekiston | 20:47 / 28.06.2018
26166
2 daqiqa o‘qiladi

Bosh prokuror: Talabalar orasidan bo‘lajak prokurorlar belgilab olinadi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Otabek Murodov o‘tgan qisqa muddat ichida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Qoraqalpoq davlat universitetlari bilan imzolangan memorandumlarni eng katta erishilgan yutuqlardan biri sifatida e'tirof etdi. Bu haqda Bosh prokuror Senatning o‘n beshinchi yalpi majlisidagi nutqida bildirgan.

«Ushbu memorandum hujjatlari asosida oliygohlarda «Bo‘lajak prokurorlar»​ klublarining faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Klubning asosiy maqsadi shundaki, talabalar orasidan biz bo‘lajak prokurorlarni belgilab, ular o‘sha talabalikning ilk kunlaridanoq prokuratura idoralari faoliyati bilan yaqindan tanishadi. Umuman bu orqali amaliyotni o‘rganish masalasi qo‘yilgan», deydi Otabek Murodov.

Ta'kidlanishicha, joriy yilda 400dan ortiq oliygoh bitiruvchilari prokuratura organlariga ishga joylashadi.

«Ularning barchasi bilan shaxsan o‘zim suhbat qilyapman. Ularning dunyoqarashi boshqacha, ertaga bemalol ularni [lavozimga] tayinlab, yana bir karra o‘rgatsak, albatta, bemalol ishlab ketadigan darajadagi mutaxassislar bo‘lib chiqadi», deya Bosh prokuror so‘zlaridan iqtibos keltiradi Kun.uz muxbiri.

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid