O‘zbekiston | 11:24 / 28.06.2018
11942
2 daqiqa o‘qiladi

Bugun Senatda chilim chekish masalasi hal etilishi kutilmoqda

Foto: KUN.UZ

Joriy yilning 28 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining XV yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, mazkur yalpi majlisda “Esktremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida“, “Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash to‘g‘risida“gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari ma'qullanishi kutilmoqda.

Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida“gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida“gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ham ma'qullanishi mumkin.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining XV yalpi majlisida Bosh prokurorning O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining 2017 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti, Ichki ishlar vazirining ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish sohasidagi faoliyati to‘g‘risidagi axboroti eshitilishi nazarda tutilgan.

Mavzuga oid