Sport | 21:02 / 28.06.2018
5590
2 daqiqa o‘qiladi

JCh-2018. Senegalni mag‘lub etgan Kolumbiya 1/8 finalga chiqdi

Foto: AP

Rossiyada jahon chempionati o‘yinlari davom etmoqda.

H guruhida Senegal va Kolumbiya terma jamoalari bellashdi. 

O‘yin taqdirini 2-bo‘limda urilgan gol hal qildi. 74-daqiqada burchakdan oshirilgan to‘pni Yyerri Mina boshi bilan darvozaga yo‘llab, Kolumbiyaga g‘alaba keltirdi. 

Bu natijadan so‘ng, Kolumbiya 6 ochko jamg‘arib, guruhda 1-o‘rin bilan 1/8 finalga chiqdi.

2 va 3-o‘rinni egallagan Senegal bilan Yaponiya bir xil ko‘rsatkichni qayd etishdi. Ammo feyr-pley ochkolari, ya'ni sariq va qizil kartalar uchun beriladigan ochkolar bo‘yicha Yaponiya afrikaliklardan o‘zib ketdi (Senegal hisobida 6ta sariq karta, Yaponiya hisobida 4ta).

JCh-2018, H guruhi
Senegal – Kolumbiya 0:1 

28 iyun, Samara, «Samara-Arena» 
Gol: 0:1 – 74 Mina. 
Senegal – Ndiay, Sane, Sabali (Vage, 74), Gassama, Kulibali, Sarr, Kuyate, Mane, Guyye, Keyta (Konate, 80), Nyang (Sako, 86).
Kolumbiya – Ospina, Mina, Moxika, Aryas, Sanches, Sanches, Uribe (Lerma, 83), Kintero, Kuadrado, Xames (Muriel, 31), Falkao (Borxa, 89).
Ogohlantirishlar: Moxika (45), Nyang (51).

Mavzuga oid