O‘zbekiston | 19:20 / 29.06.2018
3480
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Toshkent-Moskva yo‘nalishida qo‘shimcha qatnovni amalga oshiradi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi 30 iyun kuni Toshkent-Moskva (Vnukovo) yo‘nalishi bo‘ylab qo‘shimcha qatnovni amalga oshiradi.

MAK matbuot xizmatidan ma'lum qilishlaricha, zamonaviy Boeing - 787 Dreamliner havo laynerida qatnov quyidagi jadval bo‘yicha amalga oshiriladi:

HY-3517 Toshkent 18:00 - Moskva 20:00 (Vnukovo aeroporti).

Aviakompaniya shuningdek, 30 iyun kuni Moskva-Mexiko yo‘nalishi bo‘ylab charter qatnovini amalga oshiradi. Ushbu parvoz ham Boeing - 787 Dreamliner havo laynerida amalga oshiriladi.

Mazkur qatnovga Meksikaning futbol bo‘yicha milliy terma jamoasining ma'muriyati hamda jamoa muxlislarini Moskvadan Mexiko shahriga olib borish uchun buyurtma bergan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid