O‘zbekiston | 01:01 / 30.06.2018
18081
2 daqiqa o‘qiladi

30 iyun kuni Toshkentning qaysi ko‘chalari yopiladi – IIBB oydinlik kiritdi

2018 yil 30 iyun kuni “Yoshlar kuni” munosabati bilan Toshkentning ayrim ko‘chalari va chorrahalarida harakatlanish vaqtinchalik cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot-media markazi xabar qilmoqda. Shaharda “Marafon-2018” tashkil etilishi sababli ayrim yo‘llar vaqtincha yopiladi. 

“Yoshlar kuni“ munosabat bilan joriy yilning 30 iyun kuni Toshkent shahrida “Marafon-2018“ tadbiri o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan quyidagi ko‘chalarda avtotransportlar harakati vaqtincha cheklanaishini ma'lum qilamiz”, - deyiladi xabarda.

Unga ko‘ra, 2018 yil 30 iyun kuni ertalab soat 9-00dan soat 11-00gacha Mirobod tumanida Temiryo‘lchilar ko‘chasining Sarako‘l ko‘chasi va Haydar Aliyev ko‘chalari bilan chorrahasigacha, Haydar Aliyev ko‘chasining Temiryo‘lchilar ko‘chasi va T-shaklli S.Tolipov va S.Banokatiy ko‘chalari chorrahalarigacha bo‘lgan qismi;

Foto: iibb.uz
Foto: iibb.uz

Yakkasaroy tumanida ertalab 9-30dan 11-00gacha Glinka ko‘chasining Shota Rustaveli ko‘chasi va Nukus ko‘chasi bilan chorrahasigacha bo‘lgan qismlari avtomototransport vositalari uchun yopiq bo‘ladi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid