O‘zbekiston | 18:55 / 30.06.2018
8169
2 daqiqa o‘qiladi

«Nurli navolar» xalqaro folklor festivali tashkil etilmoqda

Foto: folklore.uz

Adliya vazirligining «​Huquqiy axborot» Telegram-kanalida ma'lum qilinishicha, ​«Nurli navolar» xalqaro folklor festivalini tashkil eti​sh va o‘tkazish to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq festival 2018 yildan boshlab har ikki yilda o‘tkaziladi. Shunday qilib, festivalda quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha tanlovlar o‘tkaziladi:

- folklor san'ati (alla, o‘lan, lapar, raqs, terma, marosim qo‘shiqlari, xalfachilik va hokazo);

- qo‘g‘irchoqbozlik tomosha san'ati.

Festivalning birinchi bosqichi Madaniyat vazirligining hududiy boshqarmalari tomonidan o‘tkaziladi. Festivalning yakuniy bosqichi esa Navoiy viloyatining Nurota tumanida tashkil etiladi. Festival g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin(har bir nominatsiya) – 3 500 AQSh dollari;

2-o‘rin(har bir nominatsiya) – 2 500 AQSh dollari;

3-o‘rin(har bir nominatsiya) – 1 500 AQSh dollari.

Mavzuga oid