O‘zbekiston | 13:43 / 30.06.2018
3590
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga Finlyandiya investitsiyasi va yuqori texnologiyalari jalb qilinadi

Foto: TIV axborot xizmati

2018 yilning 30 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Finlyandiya Respublikasining mamlakatda o‘z diplomatik missiyasini yakunlayotgan favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Xelsinki shahrida) Niklas Lindkvistni qabul qildi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Suhbat davomida turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Shu o‘rinda hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash va kelishish imkonini beruvchi vazirliklararo muntazam maslahatlashuvlarni o‘tkazish tajribasini davom ettirishning amaliy ahamiyati ta'kidlandi.

Uchrashuvda uchinchi majlisi 2002 yilda bo‘lib o‘tgan Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiya ishini qayta boshlash masalasi ham ko‘tarildi. O‘zbekiston va Finlyandiya ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish va mustahkamlashga har taraflama ko‘mak berishga tomonlar tayyor ekanligi ta'kidlandi. Ushbu aloqalar Finlyandiya investitsiyasi va yuqori texnologiyalarini jalb qilish orqali qo‘shma ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro savdoni kengaytirishga qaratilgan.

Madaniy-gumanitar, turizm va boshqa sohalarda muntazam almashinuvlar amaliyotini davom ettirishga qiziqish bildirildi.

Suhbat yakunida vazir Finlyandiya elchisiga diplomatik vakolatxona rahbari sifatida O‘zbekistondagi besh yilga yaqin muvaffaqiyatli faoliyati uchun minnatdorlik izhor etdi.

Elchi Niklas Lindkvist diplomatik missiyasini samarali ijro etish uchun yaratilgan qulay sharoit uchun minnatdorlik bildirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid