Jamiyat | 19:12 / 30.06.2018
17953
3 daqiqa o‘qiladi

Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish va o‘tkazishga chek qo‘yildi

2018 yil 22 iyun kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tuman sudi tomonidan ochiq sayyor sud majlisi tashkil etildi. Markaziy shifoxona binosida bo‘lib o‘tgan sudga sudya X.Xotamov raislik qildi.

Ma'lum bo‘lishicha sudlanuvchilar Z.Axrarov, S.Xalmatovlar va D.Raxmanqulovlar bir guruh shaxslar bilan oldindan til biriktirib, qonunga xilof ravishda ancha miqdorda valyuta qimmatliklarini 14.04.2018 yil soat 18:00 larda Toshkent viloyati Qibray tumani  “ Chinobod” qo‘rg‘onida joylashgan  “gilam”  do‘koni oldida arizachi U.Roziqovaga  “qora bozor” narxida har bir  AQSh  dollarini  8 350 so‘mdan hisoblab  3 500 AQSh  dollarini  45.925.000 so‘mga sotgan.

Jinoyatni sodir etganlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining JK ning 177-moddasidagi  ( Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) tegishli jazolar belgilandi.

Z.Axrarovga nisbatan JK ning 177-moddasining ikkinchi qismi “V” bandiga (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa) asosan eng kam oylik ish haqining 75 baravari, ya'ni 12.918.000 so‘m miqdorda jarima jazosi tayinlandi.

S.Xalmatovga nisbatan JK ning 177-moddasining ikkinchi qismi “V” bandiga (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa) asosan eng kam oylik ish haqining 75 baravari, ya'ni 12.918.000 so‘m miqdorda jarima jazosi tayinlandi.

D.Raxmanqulovga nisbatan JK ning 177-moddasining ikkinchi qismi “A” bandiga (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan) asosan eng kam oylik ish haqining 80 baravari, ya'ni 13.779.200 so‘m miqdorda jarima jazosi tayinlandi.

Hukmdan norozi taraflarga hukm e'lon qilingandan so‘ng 10 kun ichida apellyatsiya, 10 kundan keyin esa kassatsiya tartibida protest yoki shikoyat keltirishlari mumkinligi ko‘rsatilib o‘tildi.

Mavzuga oid