Toşkent viloyati hududidan ötuvçi A-373 «Toşkent-Ohangaron-Angren-Qöqon-Şahrixon-Andijon» xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yölining ayrim qismlarida ruxsat etilgan harakat tezligi pasaytiriladi. Bu Xalq deputatlari Toşkent viloyati kengaşining 8 iyundagi qarorida belgilangan.

Qarorga köra, Ohangaron tumani hududidan ötuvçi A-373 avtomobil yölining 103–131-kilometrlari oraliğida, uçta aholi yaşaş joyidan taşqarida joylaşgan qismlarda yöl-transport hodisalarining oldini oliş va harakat xavfsizligini ta’minlaş maqsadida yangi tezlik çeklovlari joriy etiladi.

Hujjatga muvofiq, M1, M2 va N1 toifasidagi transport vositalari, ya’ni yengil avtomobillar, 8 nafardan köp bölmagan yölovçiga möljallangan mikroavtobuslar hamda oğirligi 3,5 tonnagaça bölgan yuk avtomobillari uçun maksimal tezlik soatiga 80 kilometr etib belgilanadi. N2 va N3 toifasidagi, ya’ni oğirligi 3,5 tonnadan yuqori bölgan yuk avtomobillari, jumladan, yirik yuk maşinalari uçun esa tezlik çeklovi soatiga 50 kilometrga tuşiriladi.

Qaror ilovasida keltirilişiça, hozir mazkur uçastkalarda ruxsat etilgan tezlik soatiga 100 kilometrni taşkil etadi. Yangi tartib 103–104, 105–106, 108–109 va 109–131-kilometrlar oraliğidagi qismlarga tatbiq etiladi.

Hujjatda qayd etilişiça, tezlikni pasaytiriş taşabbusi Yöl harakati xavfsizligini ta’minlaş böyiça hududiy maxsus komissiya taklifi asosida işlab çiqilgan. Loyiha jamoatçilik muhokamasi uçun regulation.gov.uz portaliga joylaştirilgan va muhokama muddati 27 may kuni yakunlangan.

Qarorga muvofiq, «Qamçiqavtoyöl» ixtisoslaştirilgan yöllardan foydalaniş korxonasi ön kun muddat içida mazkur hududlarda 80 va 50 km/soat tezlik çeklovlarini körsatuvçi yöl belgilari örnatişi kerak.

Toşkent viloyati kengaşi qarorda tezlik çeklovlarini özgartirişdan maqsad fuqarolar xavfsizligini ta’minlaş va yöl-transport hodisalari sonini kamaytiriş ekanini ta’kidlagan.