Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyaning Ivreasi YuNeSKO madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi
Italiyaning Olivetti bosma mashinalarini ishlab chiqarishi bilan mashhur Ivrea shahri YuNeSKO madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi. Umumjahon tashkiloti va Italiya madaniyat vazirligi yakshanba kuni shu haqida xabar berdi.
"Pemont viloyatida joylashgan sanoat shahri Ivrea bosma mashinalari, mexanik kalkulyatorlar va stol kompyuterlari ishlab chiqaruvchisi Olivetti kompaniyasining tajribaviy maydoni sifatida rivojlangan. Shaharda yirik zavod, ma'muriy binolar, shuningdek ijtimoiy xizmatlar va turar-joylar uchun ixtisoslashtirilgan inshootlar mavjud", - deya xabar beradi YuNeSKO.
Shahar rejasi yetakchi italyan loyihachi va me'morlari tomonidan asosan 1930-1960 yillar oralig‘ida ishlab chiqilgan. Ivrea shahri ijtimoiy loyiha sifatida ishlab chiqarish va me'morchilik o‘rtasidagi bog‘liqlikni zamonaviy ko‘rinish namunasi hisoblanadi.
Italiya shahrining ro‘yxatga qo‘shilishi YuNeSKO Jahon merosi qo‘mitasining Bahrayndagi yig‘ilishi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Shahar shakli va qurilishlari o‘sha davrning eng mashhur arxitektorlari tomonidan loyihalashtirilgan. Uning infratuzilmasiga nafaqat Olivetti fabrikasining ishlab chiqarish binolari, balki turar-joylar, idoralar, ijtimoiy xizmatlar, bolalar bog‘chasi va oshxona kiradi.
Mavzuga oid
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
10:10 / 18.06.2026
O‘zbekistonlik shifokorlar Italiyada 5 ming yevrogacha maosh olishi mumkin
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
22:05 / 29.05.2026