Sport | 02:23 / 02.07.2018
9223
1 daqiqa o‘qiladi

Inesta terma jamoadan ketayotganini tasdiqladi

Foto: RTE

Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Andres Inesta jahon chempionati 1/8 finalida Rossiyadan qabul qilingan mag‘lubiyatdan so‘ng, terma jamoadan ketayotganini tasdiqladi. 

"Bu Ispaniya terma jamoasida so‘nggi o‘yinim edi. Milliy terma jamoadagi faoliyatning mo‘'jizali onlari oxiriga yetdi. Terma jamoa bilan xayrlashish xohlaganimdek bo‘lmadi, biroq futbolda bunday holatlar bo‘lib turadi", – dedi Inesta. 

34 yoshli Inesta Ispaniya terma jamoasi safida 2006 yildan buyon to‘p suradi. U terma jamoa safida 133ta o‘yin o‘tkazib, 13ta gol kiritgan. Andres terma jamoa bilan 2 marta Yevropa chempionatida (2008 va 2012) va 1 marta jahon chempionatida (2010) g‘olib bo‘lgan. 

Азимжон Бердибеков
Tayyorlagan Азимжон Бердибеков
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid