Bir paytlar futbolda «Xavinesta» iborasi bölardi. Birgalikda jahon va Yevropa çempioni bölgan bu ikki futbolçi şu darajada e'tiborli juftlik bölgandilarki, hatto ularsiz Messi ham örtamiyona futbolçi, deb yuboradiganlar bölgandi. Şubhasiz, ba'zilar tomonidan, futbol tarixidagi eng kuçli jamoa deb tan olinadigan 2009-2012 yillardagi «Barselona» ham asosan mana şu ikki futbolçining yelkasida turardi.

Rus blogeri Stanislav Rinkeviç bu futbolçilar aslida bir xilmi yoki farqli, ularni qanday eslab qolişimiz va yoşlarga qanday hikoya qilib berişimiz kerakligi haqida yozdi.

«Öylaşimça, Xavi va Inesta tarixga duet sifatida kiradilar. Vaqt ötgan sari ularni alohida eslaş kamayib boraveradi. Bu futbolçilarni Vikipediya ma'lumotlari yoki internetdagi lavhalar orqali biladiganlar haqida aytganda. Ularning öyinini körmagan, xuddi şunday şaklda biladigan jurnalistlar, tabiiyki, duet sifatida aytib berişlari tabiiy, çunki öziga xos jihat bor - akademiyaning ikki tarbiyalanuvçisi klubda 6 va 8, terma jamoada esa, 8 va 6 raqamlarda töp surib, yutiş mumkin bölgan barça sovrinlarni yutib oladilar. Aksariyat hollarda, bu duet Messi haqidagi hikoyalarda köp tilga olinadi - «Xavinestasiz Messi bölmas edi» deb yozişadi ular. 

Aslida esa, Xavi va Inesta butunlay farqli bölgan va turliça yölni bosib ötgan ikki futbolçidir. 

Xavi - öz vaqtida Gvardiolaga örinbosar sifatida qaralgan, hatto akademiyada yurgan çoğidayoq, özi haqida şunday gapirişlariga majbur qilgan. Ammo asosiy faoliyatini u soyada ötkazdi. Hamma eslab qolgan Xavi - «Oltin töp»ga da'vogar bölgan, qoplab golli uzatmalarni amalga oşiradigan futbolçi. Bu Xavining çöqqisi. Bu çöqqiga esa, aynan Gvardiola yaratgan tizim yordamida çiqqandi. Aynan Gvardiola davrida Xavi soyadan çiqdi va e'tiborga sazovor böldi.

28 yoşgaça u ança orqaroqda, deyarli tayanç yarim himoyaçida töp surgan. Raykaard davrida hatto u «Barselona»ni tark etiş haqida öylagandi. Çunki uning maydondagi pozitsiyasi futboldan zavq oliş imkonini bermayotgandi. 

Qisqa qilib aytganda, Xavining hikoyasi şuki, u uzoq vaqt bir xil musiqani çalib yurgan, ammo qaçondir, öşa musiqa urfga aylanib, maşhur bölib ketgan musiqaçini eslatadi.

Inesta esa, boşqa, köproq «jim yursang, uzoqroqqa borasan» maqolini eslatib yuboradi. Bu tomondan u Xavidan köra, Messiga öxşab ketadi. Ança kamtar bölgan, lekin futbolni tuşunişi bilan jamoasi uçun juda muhim öyinlarni yutib bergan qahramon. Bir qaraganda, u qadar közga taşlanuvçi harakatlar qilmaydi, lekin terma jamoa bilan hammasini yutgan. U qadar urf emasdir, lekin hamma yaxşi körgan. «Barselona»da uni «bazmlar qiroli» deb ham ataşar edi.

Qiziği, uning gollari - aynan u «Çelsi»ga qarşi uçraşuvning sönggi daqiqalarida barçasining oyoğini osmondan qilib yuborgan zarbani ijro etgandi.

https://vk.com/video_ext.php?oid=-50805084&id=456239594&hash=e21c00c24a8aa5fa&hd=2

U Niderlandiya darvozasiga jahon çempionati finalida hal qiluvçi golni urgan.

Xuddi Messi kabi, Inesta ham, yoşi katta bölgaçgina, sardorlik qila boşladi, öşandagina uni biz janjallarga aralaşgan, jamoadoşlarining yonini olgan holatda kördik. Şu tomoni bilan u Xavidek provakator emas, şuning uçun Ispaniyaning barça stadionlarida olqişlanadi. 

Ularning kuçi özaro tuşunişda edi. Ular haqida «farqli bölganliklari uçun ham zör bölişgan» yoki «xuddi siam egizaklaridek» deb baholab yuborişdan tiyiliş kerak. Ularning öxşaşliklari şunda ediki, futbolni bir xil körardilar, jamoaga öynardilar va töp bilan öta nozik muomala qila olardilar.

Lekin agar Xavini «jarayon» deb ataydigan bölsak, Inesta - natija. Xavi asosan öyinlarning «Barselona» taşabbusi ostida ötişini ta'minlaşga javob berardi. U xuddi 90 daqiqa diktant davomida öquvçilarga matnni aytib berib turadigan ona-tili öqituvçisiga öxşaydi. Öxşatişni davom ettirsak, Inesta sönggi partada ötiradigan va olimpiada paytlarida töğri javobni hammadan oldin topib qöyadigan öquvçi. Javob ham köpinça, kutilmagan, noan'anaviy yöl bilan topiladi, deyiş ham mumkin».