Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: AQSh va KXDR vakillari Singapur kelishuvlarini muhokama qilishdi
AQSh va KXDR rasmiy vakillari 30 iyun kuni Pxanmunjom chegara punktida uchrashib, Singapur sammitida erishilgan kelishuvlar ijrosini muhokama qilishgan, deb xabar qilmoqda CNN telekanali.
Telekanalning Davlat departamentidagi manbalarining so‘zlariga ko‘ra, amerikalik mulozimlar guruhiga AQShning Filippindagi elchisi Sun Kim rahbarlik qilgan. Qayd etilishicha, bu ikki davlat rasmiy vakillarining Singapur sammitidan keyingi ilk uchrashuvidir.
AQSh prezidenti Donald Tramp va KXDR yetakchisi Kim Chen In 12 iyun kuni Singapurda tarixiy uchrashuvini o‘tkazgan edi. Unda yakuniy hujjat imzolangan bo‘lib, unga muvofiq, Pxenyan Koreya yarim orolining to‘liq yadro qurolidan xoli bo‘lish fikrini yoqlagan edi. Buning uchun Vashington ushbu yarim orol tinchligini kafolatlashi talab etiladi.
Mavzuga oid
09:02 / 20.06.2026
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026