Jahon | 11:00 / 02.07.2018
7763
1 daqiqa o‘qiladi

Sindzo Abe bir oyda 4 davlatga safar qiladi

Foto: RIA Novosti

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe iyul oyida Belgiya, Fransiya, Saudiya Arabistoni va Misrga tashrif buyuradi. Bu haqda Kyodo agentligi xabar qilmoqda. Hukumat rahbarining xorijiy mamlakatlarga safari 11-18 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Agentlikning yozishicha, Abe Belgiyaga tashrifi doirasida YeI bilan erkin savdo kelishuvini imzolashi kutilyapti. 

Ma'lumki, Yaponiya va YeI bir necha yillardan buyon erkin savdo kelishuvi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazib keladi. Ushbu masala bo‘yicha maslahatlashuvlar mexanizmini boshlashga doir kelishuvga 2011 yilda erishilgan edi. Rasmiy Tokio Yaponiyada ishlab chiqarilgan avtomobillar (10 foiz) va elektron mahsulotlarga (14 foiz) belgilangan yuqori bojlar bekor bo‘lishidan manfaatdordir. 

Shu bilan birga, erkin savdo kelishuvi imzolansa, YeIda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning Yaponiyaga eksporti 30 foizga oshadi.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid