Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda qariyb 400 o‘rinli bog‘chalar quriladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «2018 yilda maktabgacha ta'lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash manzilli dasturi to‘g‘risida»gi qarori imzolandi. Bu haqda KUN.UZ muxbiri hukumatdagi manbasiga asoslanib xabar bermoqda.
Hujjat maktabgacha ta'lim tizimining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, bolalarni umumiy o‘rta ta'limga tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan.
Ushbu hujjat, shuningdek, O‘zbekiston respublikasi prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi «2018 yilga mo‘ljallangan investitsiya va infratuzilma loyihalari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 3507 sonli qaroriga ko‘ra, Qurilish vazirligi Maktabgacha ta'lim vazirligi bilan hamkorlikda xorij tajribasini inobatga olib hamda mamlakatdagi tabiiy iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda 60, 135, 106, 235 va 385 o‘rinli maktabgacha ta'lim muassasalarini qurish loyihalarini ishlab chiqishi belgilangan.
Ushbu loyihalar Qurilish vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta'lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash ishlarini moliyalashtirish markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar, respublika byudjyetining qo‘shimcha manbalari, Qoraqalpog‘iston respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy byudjyetlari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
11:45 / 24.01.2026
Xorazmda xususiy bog‘cha vafot etgan bolalarni tarbiyalanuvchi sifatida ko‘rsatib, subsidiya o‘zlashtirdi
09:22 / 14.01.2026
Repetitorlik, til kurslari va bog‘cha xizmatlari qimmatlashdi
10:40 / 04.12.2025
Maktab va bog‘chalar qurilishini moliyalashtirish mahalliy budjetlarga o‘tkaziladi
08:48 / 01.12.2025