Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoydagi tog‘ YuNeSKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritildi
Foto: Zhou Wenqing
Xitoyning janubi-g‘arbida joylashgan Fantszinshan tog‘i YuNeSKO Butunjahon merosining tabiiy obektlar ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqdagi qaror Butunjahon merosi qo‘mitasining Baxraynda o‘tgan 42-yig‘ilishida qabul qilindi.
Fantszishan Guychjou viloyatidagi Ulin tog‘ tizmasidagi eng yuqori cho‘qqi hisoblanadi. Tog‘ tizmasining dengiz sathidan balandligi 500 metrdan 2,572 ming metrgachani tashkil qiladi.
Ta'kidlanishicha, bu joy ko‘plab o‘simliklar va jonzotlarning kelib chiqish joyi hisoblanadi. Hududda noyob turdagi o‘simliklar o‘sadi va yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan jonzotlar yashaydi.
Tog‘ 2013 yilda Xitoyning tabiiy merosi ro‘yxatiga kiritilgan va shundan keyin YuNeSKO ro‘yxatiga kiritilish uchun da'vogar sifatida ilgari surilgan.
Mavzuga oid
13:56
Xitoy Tayvan atrofida mashg‘ulot boshladi: harbiylar orolni blokada qilishni sinovdan o‘tkazadi
09:51
Tayvan bo‘g‘ozi atrofida keskinlik: Xitoy apreldan beri ilk yirik mashqni o‘tkazadi
19:11 / 28.12.2025
Xitoy AQShning 20ta kompaniyasiga qarshi sanksiya kiritdi
19:33 / 27.12.2025