Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonlik polvon uchmoqchi bo‘layotgan ikkita samolyotni ushlab tura oldi (video)
Qozog‘iston poytaxti Ostonaning 20 yillik yubileyi arafasida qozog‘istonlik polvon Sergey Tsirulnikov o‘zining navbatdagi 13-rekordini o‘rnatdi. 2 iyulda polvon 120 ot kuchiga ega, uchmoqchi bo‘layotgan ikkita kichik o‘lchamli samolyotni 3 daqiqa davomida arqon bilan bilaklarida tortgancha ushlab turdi.
Avvalroq atlet xuddi shu yo‘l bilan ikkita yo‘ltanlamas, 4 ta ot va 10 nafar odamni ushlab tura olgan. Uning aytishicha, otlarni ushlab turish eng qiyini bo‘lgan.

“Samolyotlarni ushlab turish yo‘ltanlanmaslarni ushlashdek his qoldirdi. Biroq bu gal mening bilagimdagi mayda tomirlar yorilib ketdi. Men yangi rekordimni shahar kuniga bag‘ishlayman”, deb aytgan polvon.
Tsirulnikovning rejalari orasida mamlakatning har bir shahrida yangi jahon rekordini o‘rnatish bor. Uning fikricha, bu mamlakatning kuchi va qudrati isboti bo‘ladi.
6 iyulda Ostonaning 20 yilligi nishonlanadi. Yubiley sanani keng nishonlash rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
07:23 / 23.02.2026
Honda o‘zining birinchi xususiy samolyotini taqdim qildi: u mustaqil ravishda qo‘na oladi
20:42 / 21.02.2026
AQSh harbiy samolyotlari Yevropa va Arabistondagi bazalar orasida muntazam qatnamoqda – OAV
08:22 / 20.02.2026
Ilk marta: samolyot harakatlanayotgan poyezd ustiga qo‘nib, yana osmonga ko‘tarildi
09:13 / 19.02.2026