Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ohangaron yo‘lining bir qismida harakatlanish vaqtincha to‘xtatildi
4 iyul kuni Toshkent shahrini Toshkent viloyatining sharqiy tumanlari va Farg‘ona vodiysi bilan bog‘laydigan Ohangaron shossesining bir qismida avtotransportlar harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar qilmoqda.
“Bugun, 4 iyul kuni, yo‘l ta'mirlash ishlari munosabati bilan Husayn Boyqaro ko‘chasidan Ohangaron shossesi bo‘ylab Toshkent avtomobil xalqa yo‘ligacha qismi bir yo‘nalishda avtomobil harakatlari uchun yo‘l yopiladi. Avtomobillarning aylanib o‘tishi Husayn Boyqaro ko‘chasi bo‘ylab tashkil etilgan.

Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
10:04 / 03.06.2026
Toshkentdagi barcha qurilish obektlari uchun yangi talablar joriy etiladi
08:39 / 03.06.2026
Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
08:20 / 03.06.2026
DXX tezkor tadbiri: Trackerʼdan 8,9 kg gashish topildi
14:57 / 02.06.2026