Davlat xavfsizlik xizmati Çegara qöşinlari hamda Toşkent viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi va kontrabandasiga qarşi qaratilgan tezkor tadbir ötkazildi.
Tadbir davomida «Toşkent – Farğona» yönalişida harakatlanayotgan Tracker rusumli transport vositasi yöl-patrul xizmati maskanida töxtatildi. Avtomaşina Farğona şahrida yaşovçi, muqaddam talonçilik jinoyati uçun sudlangan 1990 yilda tuğilgan fuqaro tomonidan boşqarilayotgan bölgan.
Transport vositasi xolislar iştirokida közdan keçirilganda, haydovçining öz iste’moli uçun saqlab qöygan 1,72 gramm narkotik moddasi borligi aniqlangan. Qöşimça tekşiruvlar davomida esa avtomaşinaning yukxonasidan 8 kilogramm 913 gramm gaşiş musodara qilingan.
Tergovga qadar tekşiruv jarayonida uşbu şaxs mazkur narkotik moddani qöşni davlatdan Toşkent viloyati hududiga kontrabanda yöli bilan olib kirilgan narkotuhfani qabul qilib olib, doimiy yaşaş manziliga olib ketayotgani ma’lum bölgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan bölib, tergov harakatlari davom etmoqda.
DXX fuqarolarni giyohvandlik vositalari savdosi bilan boğliq holatlar haqida 1520 qisqa raqami orqali xabar berişga çaqirdi. Ma’lumot beruvçilarning şaxsi sir saqlanişi kafolatlanadi.












