Jamiyat | 00:14 / 04.07.2018
26374
1 daqiqa o‘qiladi

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish choralari to‘g‘risida»gi PQ–3823 sonli qaror qabul qilindi.

Hujjatga ko‘ra 2018 yilning 1 oktabridan boshlab, ilovaga muvofiq tarzda suv resruslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari o‘rnatiladi.

O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhit muhofazasi davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ikki hafta muddat ichida 2018 yilning 1 oktabriga qadar suv resurslar foydalanuvchilarini inventarizatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha choralar kompleksini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.

 

Mavzuga oid