Jamiyat | 16:39 / 04.07.2018
5198
1 daqiqa o‘qiladi

Zangiota tumanida bir kunda uchta qishloq vrachlik punkti foydalanishga topshirildi

Bugun, 3 iyul kuni Toshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan Chig‘atoy-Oqtepa qishlog‘idagi qishloq vrachlik punkti 40 kun ichida mukammal ta'mirlanib, ishga tushirildi.

Foto: Zangiota tuman hokimiyati

Qishloq vrachlik punktida 6 nafar shifokor, 18 nafar o‘rta va 3 nafar kichik tibbiy xodimlarning 10826 nafardan iborat qishloq ahliga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatishlari uchun barcha sharoitlar muhayyo qilindi.

KUN.UZ’ga taqdim etilgan ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu maskan Zangiota tumani hokimligi tomonidan ajratilgan 304 mln so‘m, homiylarning 30 mln so‘mdan ziyod mablag‘lari evaziga qad rostlagan.

Xuddi shu kuni tumanda joylashgan Akmal Ikromov va Navoiy nomidagi qishloq vrachlik punktlari ham foydalanishga topshirildi.

Foto: Zangiota tuman hokimiyati
Foto: Zangiota tuman hokimiyati
Foto: Zangiota tuman hokimiyati
Foto: Zangiota tuman hokimiyati
Foto: Zangiota tuman hokimiyati
Foto: Zangiota tuman hokimiyati

Mavzuga oid